Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.12.2017 18:43 Chop etish versiyasi

“Kamalak" yulduzlari”: 18 jamoa Qashqadaryo viloyati bosqichida ishtirok etdi

“Kamalak" yulduzlari”: 18 jamoa Qashqadaryo viloyati bosqichida ishtirok etdi Qarshida “Kamalak" yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivalining Qashqadaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, “Kamalak” bolalar tashkiloti va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama barkamol ulg‘ayishi, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgani ta’kidlandi.

2.jpg

Festivalning saralash bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 280 nafar yakka ijrochi va 18 jamoa viloyat bosqichida ishtirok etdi. Ishtirokchilarning mumtoz musiqa, vokal, xalq cholg‘ulari, raqs, tasviriy va amaliy san’at, nasr va nazm yo‘nalishlari bo‘yicha chiqishlari taniqli madaniyat va san’at namoyandalaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

3.jpg

– Men Vatanim va uning ko‘hna tarixini, xalqimizning mislsiz yutuqlari va tinchlikni madh etishga intilaman, – deydi festival g‘oliblaridan biri, Kasbi tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi To‘lqin Ergashev. – Hozir musiqa maktabida ustozim Muhiddin Arslonovdan doira chalish sirlarini o‘rganmoqdaman. Tanlovda usta Olim Komilovning “Katta o‘yin” asarini chalib berdim. Hakamlarga ma’qul bo‘ldi. Kelajakda mohir sozanda sifatida milliy san’atimizni xalqaro miqyosda keng tarannum etishni maqsad qilganman.

Festival doirasida navqiron avlod vakillarining tasviriy va amaliy san’at asarlari, xalq hunarmandligi buyumlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Yosh musiqachilar ishtirokidagi konsert dasturi tadbir mehmonlarida katta taassurot qoldirdi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
6 764