Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.04.2017 11:39 Chop etish versiyasi

Jurnalxonlar bilan uchrashuv

Birinchi Prezidentimiz tashabbusi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-fevraldagi qarori asosida tashkil etilgan jurnal xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida mazmunan boy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan jahon adabiyoti namunalarini ona tilimizda mutolaa qilishdek ezgu ishlarga hissa qo‘shmoqda.

Tahririyat jamoasi atoqli olim va tarjimon Ozod Sharafiddinov rahbarligida boshlangan ishlarni davom ettirish, jurnal bilan boshqa tashkilotlar ijodiy hamkorligini mustahkamlash, tarjima maktabining ijodkorlari doirasini kengaytirish orqali xalqimizni jahon adabiyotining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, bu borada erishayotgan yutuqlar va kelajakdagi rejalar bo‘yicha uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etib kelmoqda.

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida «Jahon adabiyoti» jurnali ijodiy jamoasi va mualliflari bilan o‘tkazilgan uchrashuv shulardan biri.

Institut rektori A.Mannonov, filologiya fanlari doktori, professor N.Karimov, "Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Sh.Rizayev, O‘zbekiston xalq shoiri S.Sayyid va boshqalar «Jahon adabiyoti» jurnali yigirma yillik faoliyati mobaynida o‘quvchilarini Sharq va G‘arb adabiyoti namoyandalari hayoti va ijodi, ularning asarlari bilan tanishtirib borishda taniqli tarjimonlar qatorida oliy o‘quv yurtlarida ta’lim berayotgan olim va o‘qituvchilar ham munosib hissa qo‘shib kelayotgani tahririyat faoliyatini yanada rivojlantirishda qo‘l kelayotganini ta’kidladi.

– Jurnalning har bir soni takomillashib, tarjima qilinayotgan asarlar salmog‘i ortib bormoqda, – deydi institutning sharq filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Q.Omonov. – Ayniqsa, "Epos – tafakkur durdonasi", "Ustoz tarjimonlar bisotidan", "Adabiyotshunoslik. Falsafa", "Qiyos va talqin", "Jahon madaniyati va san’ati", "Esse", "Kundaliklar", "Yosh tarjimon minbari" kabi ruknlarda  berilayotgan materiallar adabiy muhitning e’tiborini jalb qilmoqda.

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA
1 771






Все о погоде - Pogoda.uz