Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.04.2018 12:52 Chop etish versiyasi

Joriy yilning I choragidagi qurilish ishlarining miqdori ma’lum bo‘ldi

2018-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 9 259,5 milliard so‘m qurilish ishlari bajarildi.

O‘sish surati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,2 foizni tashkil etdi. Jami qurilish ishlari hajmidan yirik pudrat tashkilotlari tomonidan 3 596,7 milliard so‘m qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 38,8 foiz hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 132,4 foizni tashkil etdi.

Kichik korxona va tashkilotlar, mikrofirmalar hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 39,6 foizi yoki 3 665,5 milliard so‘m to‘g‘ri keldi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,8 foizni tashkil etdi. Norasmiy sektor hissasiga esa 21,6 foiz yoki 1 997,3 milliard so‘m to‘g‘ri keldi hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 98,5 foizni tashkil etdi.

Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot beradi.

O‘zA
2 550