Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.11.2017 19:06 Chop etish versiyasi

Jizzaxda yangi mehmonxona ish boshladi

Jizzaxda yangi mehmonxona ish boshladi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar rejasi asosida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, mehmonxonalar tarmog‘i kengayib borayotganida ham ko‘rish mumkin.

Jizzax shahrining Qassoblik mahallasida ish boshlagan “Buyuk hotel” mehmonxona majmuasi ana shu izchil islohotlar samarasidir. 35 o‘rinli 4 qavatli mehmonxona majmuasida barcha qulayliklar yaratilgan.

11.jpg

12.jpg

– Mamlakatimizda tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlayotgani tufayli mehmonxonani 350 million so‘m bank krediti yordamida qisqa fursatda qurib ishga tushirdik, – deydi tadbirkor Jasur Odilov. – Viloyatga kelayotgan turistlar oqimi ko‘payib borayotir. Ularga xalqaro me’yorlar asosida xizmat ko‘rsatish uchun 6 nafar xizmatchimiz maxsus malaka tayyorgarligini o‘tab keldi. Ayni paytda faoliyatimizni yana kengaytirish, xizmatlar turini ko‘paytirishni mo‘ljallamoqdamiz. Bu qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Jizzax viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida to‘rtta yangi mehmonxona qurilib, bittasi mukammal ta’mirlandi.

Toshqul Beknazarov, Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA
2 116






Все о погоде - Pogoda.uz