Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.09.2017 18:36 Chop etish versiyasi

Jizzaxda “Bolalar kitobi” III respublika festivali o‘tkazildi

Jizzaxda “Bolalar kitobi” III respublika festivali o‘tkazildi Viloyat hokimligi, matbuot va axborot boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, madaniyat, xalq ta’limi boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh avlodning kitobga qiziqishini oshirish, ularda mutolaa madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Festival oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari, kitob savdosi tashkilotlari tomonidan mamlakatimiz nashriyotlarida chop etilgan adabiy-badiiy, ilmiy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy, bolalar adabiyoti kitoblari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari o‘quvchilari ijodiy ishlarining rang-barang ko‘rgazmalari bilan boshlandi.

18.jpg

Tadbir doirasida shoir-yozuvchilar, yosh ijodkorlar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bilan uchrashuv-muloqotlar bo‘lib o‘tdi. “Yosh kitobxon”, “Mening birinchi kitobim”, “Kitobxon oila”, “Kitob – beminnat ustoz”, “Odamiylik kitobga bo‘lgan ehtiromdan boshlanadi”, “Kitob o‘qishda farzandlaringizga o‘rnak bo‘ling!” kabi mavzularda intellektual viktorinalar, mushoiralar tashkil etildi. “Men sevgan kitoblar” mavzusida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.

– Kitoblarni yuksak estetik talablar asosida bezaklar bilan sifatli chop etish, joylarga, ta’lim muassasalariga vaqtida va maqbul narxlarda yetkazish, milliy va jahon adabiyotining sara namunalarini tarjima qilish sohasidagi muhim masalalar bosqichma-bosqich hal etilayotir, – deydi viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Odilov. – Bugungi festival bu yo‘nalishda erishilayotgan yutuqlar namoyishi bo‘ldi. Eng muhimi, yoshlarda kitobga muhabbatni o‘stirishga erishilmoqda.

Viktorinalar, ijodiy tanlov g‘oliblariga, faol ishtirokchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Toshqul Beknazarov, Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA
2 483






Все о погоде - Pogoda.uz