Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.09.2017 20:58 Chop etish versiyasi

Jinoyatlarning oldi olinmoqda

Payshanba kuni o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlari jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi brifingda poytaxtimizda so‘nggi haftada sodir etilgan jinoyatlar, ularning sabablari tahlil etildi.

Joriy yilning 7-sentabridan 14-sentabriga qadar poytaxtimizda sodir etilgan 15 jinoyat tezkorlik bilan fosh qilingan. 53 ta qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bedarak yo‘qolgan 6 shaxs aniqlanib, yashash manziliga qaytarilgan.

Muqaddam o‘g‘irlik va giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlari uchun sudlangan Sh.Mahkamov yana jinoyatga qo‘l urgan. U joriy yil 13-sentabr kuni Yunusobod-4 mavzesida qarovsiz qoldirilgan “Neksiya-2” rusumli avtomashinani olib qochgan. Mashinani Ahmad Donish ko‘chasida beton to‘siqqa urib, salon ichida avtomashina egasiga tegishli uyali telefon apparati va sumkani olib, voqea joyidan yashiringan.

Sh.Mahkamov o‘z jinoiy ishini davom etirib, Yunusobod tumani hududida F.Soliyevaga tan jarohati yetkazib, uning boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasini olib qochgan va Shayxontohur tumanidagi “Osiyo Grand” mehmonxonasi oldida yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urgan, avtomashina esa yonib ketgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Yunusobod tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va Sh.Mahkamovning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

2017-yil 5-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani hududida muqaddam sudlangan A.Oripov fuqaro F.Salomovaning bo‘ynidagi tilla zanjirni talonchilik yo‘li bilan egallab, yashiringan vaqtda ichki ishlar xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Oripovga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Brifingda shuningdek, giyohvandlik vositalari bilan savdo qilish, jamoat joylarida spirtli ichimlik iste’mol qilganlik, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etganlik, fuqarolar tomonidan pasport qoidalariga rioya etmaslik kabi holatlar yuzasidan sodir etilgan jinoyatlar aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilgani haqida ma’lumot berildi.

Davron Sunnatov, O‘zA
1 105






Все о погоде - Pogoda.uz