Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.03.2017 18:36 Chop etish versiyasi

Jinoyat kodeksini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlandi

Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori Z.Esonova va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa, sud hokimiyati mustaqilligini bosqichma-bosqich mustahkamlashga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida ham mazkur islohotlarni yanada izchil davom ettirishga doir aniq va ustuvor vazifalar belgilangan. Farmonda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida jinoyat qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Ushbu hujjatda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur anjumanda ham sud-huquq tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish sharoitida Jinoyat kodeksini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligiga xalqaro tajribani implementatsiya qilish, jinoiy jazolarni insonparvarlashtirish, jinoiy javobgarlikni liberallashtirishga doir muhim masalalar muhokoma qilindi.

Ilmiy-amaliy anjuman ikki bosqichda o‘tkazilib, birinchi bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ahamiyati, unga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning mohiyati va uni takomillashtirish istiqbollari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Ikkinchi bosqichda qamoq jazosining ijtimoiy zarurati, voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish istiqbollari, majburiy jamoat ishlari tariqasidagi yangi jazo turlarini jinoyat kodeksiga kiritishda milliy va xorijiy tajriba masalalari yuzasidan bahs-munozaralar olib borildi.

Anjuman ishtirokchilari jinoyat qonunchiligini takomillashtirish borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga olim va mutaxassislardan javob oldi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
496






Все о погоде - Pogoda.uz