Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.03.2017 16:44 Chop etish versiyasi

Jamoatchilik nazorati va ommaviy axborot vositalari

Andijonda “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturining bajarilishi ustidan keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ommaviy axborot vositalarining roli” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari rahbarlari, olimlar, ushbu viloyatlar Kengashlari deputatlari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hududiy bo‘limlari vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan Harakatlar strategiyasi islohotlar samaradorligini oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama uyg‘un va jadal rivojlantirish, barcha sohalarni modernizatsiya qilish va erkinlashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi. Mazkur hujjatdagi beshta ustuvor yo‘nalishdan birinchisi davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, bu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirishga qaratilgan.

– Tadbirda jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, bu borada soha xodimlarining kasbga oid bilim va malakasini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi, – deydi O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori A.Abdullayev. – Harakatlar strategiyasining maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish borasida qator vazifalar belgilib olindi.

“Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”, “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning muhim masalalari”, “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosiy yo‘nalishlari”, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosini yoritishning muhim jihatlari” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
2 836






Все о погоде - Pogoda.uz