Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.04.2017 18:12 Chop etish versiyasi

Jamoatchilik nazorati – ijobiy natija kafolati

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan davlat va jamiyat manfaatlarini ko‘zlab, xalq bilan muloqot samaradorligini yanada oshirish maqsadida Prezident, davlat boshqaruvi organlarining Virtual qabulxonalari, Xalq qabulxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani aholini qiynayotgan muammolarni hal etish, qabul qilinadigan huquqiy hujjatlarning xalqchilligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Navoiyda O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi bajarilishi ustidan keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda OAVning o‘rni” mavzucidagi seminar-treningda bu alohida ta’kidlandi.

– Prezidentimizning joriy yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ommaviy axborot vositalarining o‘rnini yanada mustahkamlash, jurnalistlarning ushbu masalalarni yoritishga oid bilim va tajribasini oshirish muhim ahamiyatga ega, – deydi O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi guruh rahbari L.Suvonov. – Bugungidek amaliy mashg‘ulotlarda soha xodimlarining mavzuga yondashuvi, jamoatchilik fikrini keng o‘rganishi, tahliliy va tanqidiy fikrlarni qo‘llay olish mahorati yanada oshiriladi.

Seminarda Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining o‘rni, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi vazifalari xususida fikr almashildi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
389






Все о погоде - Pogoda.uz