Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.04.2017 16:13 Chop etish versiyasi

"Jaloliddin Manguberdi avlodlari" g‘olib

"Jaloliddin Manguberdi avlodlari" g‘olib Urganchda “Yosh chegarachilar” musobaqasining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, intellektual salohiyatli avlodni kamolga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Musobaqada yosh chegarachilar chaqqonlik va zukkolikni talab etuvchi 12 shart bo‘yicha o‘zlarining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimini, jismoniy va ma’naviy salohiyatini namoyish etdi.

– Vatan himoyachisi bo‘lish yuksak sharaf va ulkan mas’uliyatdir, – deydi Gurlan qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining “Jaloliddin izdoshlari” jamoasi a’zosi V.Qutimov. – Musobaqada ishtirok etgan tengdoshlarim qatori men ham harbiy bilim yurtiga o‘qishga kirish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rmoqdaman. Bunday musobaqalar bizning bu boradagi orzularimiz ushalishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xiva axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining “Jaloliddin Manguberdi avlodlari” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Gurlan qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining “Jaloliddin izdoshlari”, Bog‘ot maishiy xizmat va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining “Posbon” jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.

Ahmadjon Shokirov, Shonazar Qoriyev (surat), O‘zA
1 284






Все о погоде - Pogoda.uz