O‘zA O`zbek

19.06.2018 10:54 Chop etish versiyasi

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahri byudjet tushumini ma’lum qildi

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahri byudjet tushumini ma’lum qildi
18 iyun kuni Toshkent shahrining Botanika bog‘ida tashkillashtirilgan “Top-500” tadbirkorlar hamjamiyati forumida Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev ma’ruza qildi. Bu hokimning tadbirkorlar va jurnalistlar ishtirokida anjuman doirasida ilk ma’ruza qilishi edi.

“Bugungi forumdan maqsad nima? Maqsad – bugungi kunda Toshkent shahar rahbariyatining ishini butunlay yangicha olib borilayotganini namoyish etish. Tuzayotgan yangi rejalarimizda biznes “Top-500” hamjamiyati bilan hamkorlikni mustahkamlash ham turibdi. Ayniqsa, Toshkentni Markaziy Osiyoning eng rivojlangan megapolisiga aylantirishda bu hamkorligimiz yaqqol namoyon bo‘ladi”, dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Hokim o‘z rejalarini taqdim etish bilan birga Toshkent shahri byudjeti tushumi miqdorini va shaharning umumiy salohiyatiga oid statistik ma’lumotlarni ham e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahri byudjeti yiliga 11.5 trillion so‘m tushumga ega.

Poytaxtda 39 ta Oliy o‘quv yurtlari mavjud va ularda 115 ming talaba tahsil olmoqda.

3 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Shaharning kichik va o‘rta bizneslarining umumiy soni 65 mingta.

Poytaxt 335 ming kvadrat kilometrga kengaytirilishi kutilmoqda.

Kechagi forumda Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu axborotlar bilan birga, shahar boshqaruvidagi kamchiliklarni ham birma-bir sanab o‘tdi. 

Bizni kuzatishda davom eting.

Anora Sodiqova, O‘zA
7 113