Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.09.2017 14:42 Chop etish versiyasi

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi qurilish va servis kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan davra suhbati shunday nomlandi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat va tuman kengashlari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi mas’ullari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlarni turli yot g‘oya va illatlar ta’siridan asrash, navqiron avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Davra suhbatida tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan darsga qatnashmayotgan o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga qaytarish, o‘quvchilarni turli to‘garaklarga qiziqtirish va hunar o‘rganishini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘lgan tadbirda yoshlarning murojaatlari tinglanib, mutaxasislar tomonidan zarur tavsiya va maslahatlar berildi. Ta’lim dargohidagi mavjud muammolar o‘rganildi, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
1 163






Все о погоде - Pogoda.uz