Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.09.2017 16:11 Chop etish versiyasi

Ixtirochi ayollar uyushmasi tashkil etildi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va uning xududiy bo‘limlari qoshida O‘zbekiston Ixtirochi ayollari uyushmasi tashkil etildi, deb xabar beradi qo‘mitaning rasmiy sayti.

Uyushma respublikamiz olima ayollari, doktorant, mustaqil izlanuvchi, iqtidorli talaba, ixtirochi, ratsionalizator, injener, konstruktor va mutaxassis xotin-qizlarning imkoniyat, qobiliyat, bilim darajasi, talab va ehtiyojlarini o‘rganish asosida ularning manfaatlarini himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqib, ular bosqichma-bosqich amalga oshiradi.

Xabarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Uyushma tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilgan.

773






Все о погоде - Pogoda.uz