O‘zA O`zbek

12.06.2019 18:51 Chop etish versiyasi

"IPHONE» qalbaki dollarga sotilgani aniqlandi

"IPHONE» qalbaki dollarga sotilgani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro A.X.ning arizasiga asosan tergovga qadar tekshirish oʻtkazildi.

Tekshiruvda chet el fuqarosi A.V. fuqaro A.X.dan xarid qilgan 3 dona “Iphone Xs Max” rusumli uyali aloqa telefon apparatlari uchun bergan 3 ming 25 AQSH dollaridan 3 ming AQSH dollari qalbaki ekanligi aniqlangan.

Bosh prokuratura xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

OʻzA
653