Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.04.2017 19:17 Chop etish versiyasi

Internet va yoshlar

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida shu mavzuda davra suhbati tashkil etildi. Yosh avlodni internet tarmog‘idagi turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, internetdan maqsadli foydalanish kabi masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbirda taniqli shoirlar, publitsist va yozuvchilar, ta’lim muassasalari talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov va boshqalar mamlakatimizda axborot texnologiyalari jadal rivojlanib, internetdan foydalanuvchilar soni ko‘paygani sayin yoshlarni turli tahdidlardan, yot g‘oyalardan asrash tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladi.

Globallashuv davrida internet tarmog‘i hayotimizning barcha jabhasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yoshlar yangi texnologiyalarni tezda o‘zlashtirib, «o‘rgimchak to‘ri» orqali eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lmoqda, ma’lumotlar olmoqda, do‘stlari bilan muloqot qilmoqda, fikr almashmoqda. Bular orasida, afsuski, internetning zararli xususiyatlariga asir bo‘layotganlar ham bor.

Davra suhbatida bu masala tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamizning 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, aholining kitobxonlik ko‘nikmasini yanada yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini internet tarmoqlariga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilish ishlariga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Davra suhbatida mazkur vazifa ijrosi yoshlarning internet vositasida ekstremizm, terrorizm va «ommaviy madaniyat»ni targ‘ib qiluvchi turli oqimlar domiga tushib qolmasligida muhim omil bo‘lishi qayd etildi. Bu borada Yozuvchilar uyushmasi, barcha ma’naviy-ma’rifiy nashrlar, yozuvchi va shoirlar internet saytlari ko‘magida badiiy saviyasi yuksak asarlar, ishonchli ma’lumotlar bilan yoshlarning ma’naviy-axborot ehtiyojini muntazam qondirib borishi lozim.

Malohat Husanova, O‘zA
3 270






Все о погоде - Pogoda.uz