Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.03.2017 16:11 Chop etish versiyasi

Internet va yoshlar

Jizzaxda milliy axborot xavfsizligini ta’minlash va yoshlarda internet madaniyatini shakllantirishning dolzarb vazifalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi, Jizzax politexnika instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda partiya faollari, institut professor-o‘qituvchilari, talabalar, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida axborot texnologiyalarining o‘rni ortib borayotgani ta’kidlandi. Axborot texnologiyalari rivojlanib, internetdan foydalanuvchilar soni ko‘paygani sayin yoshlarni yot g‘oyalardan, turli tahdidlardan asrash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kun yoshlar tarbiyasi bilan bevosita bog‘liq ishlarni nafaqat oila va ta’lim muassasasi, balki keng jamoatchilik, ayniqsa, siyosiy partiyalar oldiga ham kechiktirib bo‘lmas vazifa qilib qo‘ymoqda.

Ishtirokchilar ana shu jarayonda partiya hududiy kengashlari, “Yoshlar qanoti” ishtirokida olib borilayotgan ishlar tahliliga alohida e’tibor qaratdi. Internet tarmog‘idagi buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan yoshlar bilan yuz bergan ayanchli voqealar haqida aniq misollar keltirildi.

Internet tarmog‘idagi ekstremizm va terrorchi tashkilotlar, missionerlik qurboniga aylanib qolayotganlarning aksariyati hali oq-qorani ajrata olmaydigan, huquqiy bilimi yetarli bo‘lmagan, dunyoqarashi shakllanmagan yoshlar ekani achinarlidir. Hayotga teran nigoh bilan qaraydigan, ma’nan yetuk, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashda yoshlarga internet tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanishni tushuntirish, iste’dodini namoyon etishi uchun zarur sharoitlar yaratish lozimligi qayd etildi.

– Tahlillar internetdan foydalanuvchilar orasida oliy o‘quv yurtlari talabalari, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari ham ko‘pligini ko‘rsatmoqda, – deydi partiya viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasi devoni rahbari A.Oripov. – Shuning uchun viloyatdagi barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida yoshlarda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish mavzusida tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu vazifa partiyamizning saylovoldi dasturida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Bugungi tadbirda ham internetdan to‘g‘ri foydalanish madaniyati va ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan yoshlarbop milliy saytlarni ko‘paytirish, yoshlarning internet savodxonligini oshirish bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
3 825






Все о погоде - Pogoda.uz