Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.07.2018 17:11 Chop etish versiyasi

Interfaol mashg‘ulotlar oilalar mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiladi(mi?)

Interfaol mashg‘ulotlar oilalar mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiladi(mi?) “Oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash” mavzuida bir haftalik o‘quv kursini tashkil etish oldidan seminar-trening o‘tkazildi.

Unda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari o‘quv kurslari rahbarlari, olimlar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mashg‘ulotda markazning hududiy boshqarmalari rahbarlariga joylarda o‘quv jarayonlarini tashkil etish, amaliy natija va samaradorlikka erishish usullari, hamkor tashkilotlar bilan ishlashda interaktiv yondashuvlar, muammoni yechishning maqbul yo‘llari hamda innovatsion g‘oya va tashabbuslarning ahamiyati haqida maslahatlar berildi, o‘zaro tajriba almashildi.

– Mazkur o‘quv kurslarini tashkil etishdan maqsad viloyatlarda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislarning kasbiy bilim va qobiliyatini oshirishdan iborat, – deydi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi yetakchi mutaxassisi Malika Inoqova. – Buning uchun oila instituti sohasiga oid barcha masalalar mashg‘ulotlar doirasida qamrab olingan.

Haftalik tadbirda “Menejmentning mohiyati. Tashkilot faoliyatini boshqarishga nisbatan normativ talablar”, “Boshqaruv iyerarxiyasi. Boshqaruv tushunchasi va uning funksiyalari klassifikatsiyasi”, “Qaror qabul qilishda modellashtirish usullari”, “Oilada shaxslararo munosabatlar psixologiyasi”, “Islomda nikoh va oiladagi nizolar” kabi mavzularda interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
1 887