Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.05.2018 07:30 Chop etish versiyasi

Insonparvarlik ko‘magi barcha uchun

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati tomonidan Qizil Xoch va Qizil yarim oy xalqaro harakatining 155 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

8-may kuni Qizil Xoch va Qizil yarim oy xalqaro harakati o‘zining 155 yilligini nishonladi. Hozirgi paytda bu harakat uch tarkibiy qismdan – Xalqaro qizil Xoch qo‘mitasi, Qizil Xoch va Qizil yarim oy jamiyatlari xalqaro federatsiyasihamda 190 ta mamlakatning Qizil Xoch yoki Qizil yarim oy milliy jamiyatlaridan tarkib topgan.

O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati mamlakatimizdagiinsonparvar tashkilotlardanbo‘lib, 1925-yilda tashkil topgan. 1992-yilda O‘zbekiston Prezidentining O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati to‘g‘risidagifarmoni qabul qilingach, u mamlakatimizdagi mustaqil, ko‘ngilli jamoat birlashmasi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Mazkur tashkilotning 15 ta mintaqaviy – viloyat tashkiloti, 192 shahar, tuman bo‘linmalari va 2970 boshlang‘ich tashkilotida bir yarim million a’zo va 38 mingdan ortiq ko‘ngilli mavjud. O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining asosiy maqsadi yakka-yolg‘iz va o‘zgalar ko‘magiga muhtoj qariyalar, nogironlar, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga tibbiy va ijtimoiy yordam berishda, aholini tabiiy ofatlarda harakat qilishga o‘rgatishda va boshqa muhim ijtimoiy muammolarni hal qilishda davlat organlariga yaqindan yordam berishdan iboratdir.

Ana shu maqsadda 2017-yili aholi, eng avvalo, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarning oldini olish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini o‘rgatish, ko‘ngilli qon donorligini targ‘ib qilish uchun tashkil etilgan ko‘plab davra suhbatlari, muloqotlar, targ‘ibot tadbirlariga qariyb 30 ming kishi qamrab olindi. Ko‘plab buklet va tarqatma materiallar chop etilib, joylarga tarqatildi. Favqulodda vaziyatlarga tayyorlanish va u yuz bergan taqdirda xatti-harakat qilish qoidalarini o‘rgatish uchun o‘tkazilgan o‘quv-seminarlarda 393 ming 400 kishi o‘qitildi. Xalqaro insonparvarlik huquqi va gumanitar qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yichako‘plab ijtimoiy loyihalar, aksiya vatadbirlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining 33 ta tashkilot va bo‘linmalari 2016-2017 yillarda yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan loyihalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoshidagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 825 millionso‘mlik grantlariga sazovor bo‘lgan.

Tadbirda mazkur tashkilot tarkibida samarali mehnat qilayotgan xodimlar, faol yoshlar, ko‘ngillilar taqdirlandi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
2 178