Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.04.2018 13:10 Chop etish versiyasi

Ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Prezidentimizning 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Memorandumni imzolash maqsadida tashkil etilgan tadbirda buyuk alloma va mutafakkirlarimiz asarlarini dunyo mamlakatlari bo‘ylab keng targ‘ib etish, ularni har tomonlama o‘qib-o‘rganish, xalqimiz, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarga, jahon hamjamiyatiga yetkazish va zamonaviy ilm-fan, ma’naviyat rivojida undan samarali foydalanish hamda arab, fors, eski o‘zbek tili va boshqa sharq tillarida bitilgan qadimiy qo‘lyozmalar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarni kitob holida chop etishni keng rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Hamkorlik doirasida respublika va xalqaro miqyosda ilmiy anjumanlar, seminar-trening, davra suhbatlari, xalqaro grant loyihalari va boshqa tadbirlarni muntazam tashkil etishga kelishib olindi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 391