Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.07.2018 14:42 Chop etish versiyasi

Ijtimoiy media – targ‘ibot jangining yangi quroli

Ijtimoiy media – targ‘ibot jangining yangi quroli Aynan shu nomli televizion film britaniyalik jurnalistlar tomonidan tayyorlandi. Unda qayd etilishicha, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar vositasida turli inqilob va urushlar boshlanmoqda.

photo5373263800129661350.jpg

Beruniy ALIMOV,
filologiya fanlari bo‘yicha
falsafa doktori



Erondagi notinchliklar, Arab bahori voqealari, undan so‘ng Tunis, Misr, Suriyadagi to‘ntarishlar misol sifatida keltiriladi. Isroil va Falastin o‘rtasidagi o‘ta murakkab va chigal vaziyatlarda ijtmoiy tarmoqlar orqali olib boriladigan axborot urushlari birinchi planga chiqib qolmoqda.

Bir tomondan, ushbu tarmoqlardan buzg‘unchi, jangari kuchlar foydalansa, ikkinchi tomondan, siyosiy rejimlar ham samarali foydalanishga urinmoqdalar.

Ko‘rsatuv eksperti bildirgan fikrga ko‘ra, “Islom davlati” deb atalmish tashkilot jangarilari ijtimoiy tarmoqlarda zo‘rovonlik, qon to‘kilishi, odam o‘ldirilishi bilan bog‘liq foto va videotasvirlarni bejizga ko‘rsatishmaydi. Ularning asosiy maqsadi – odamlarni qo‘rqitish barobarida, o‘zlarining safiga yangi a’zolarni jalb etishgan harakat qiladilar.

Umuman olganda, keyingi 10-15 yil ichida Yaqin Sharqda ro‘y bergan barcha to‘ntarilishlar, urushlar, terroristik xurujlarning amalga oshirilishida ijtimoiy tarmoqlarning “ulushi” juda katta, deydi BBC muxbiri Liz Duset.

Nima uchun OAV va ijtimoiy tarmoqlar zo‘ravon kuchlarning quroliga aylanmoqda? Chunki ular aksariyat insonlar uchun asosiy axborot kanali sifatida shakllandi. Mazkur vositalar jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazuvchi yagona vosita, qurol ko‘rinishida maydonga chiqib keldi.




Ijtimoiy tarmoq – “qarmoq”mi?

photo5373263800129661347.jpg


Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali turli yo‘llarga kirib qolayotganlar, “adashib qolayotganlar”, ming afsuski, O‘zbekistonda ham yo‘q emas. Bu haqda “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida efirga uzatilgan maxsus ko‘rsatuv “Ogoh bo‘ling, odamlar!” deb nomlanadi.

Unda oq-qorani tanimaydigan, ekstremistik kuchlar uchun tayyor o‘lja, kollej o‘quvchisining “Odnoklassniki” tarmog‘iga kirib, turli buzg‘unchi, yovuz kuchlar tomonidan boshqariladigan muhokamalarda qatnashganligi haqida hikoya qilinadi. O‘quvchi qamoqda yotgan otasining go‘yoki o‘chini olish maqsadida “yangi do‘stlar” orttiradi. Qo‘shtirnoq orasidagi do‘stlar bolaga urush bo‘layotgan hududlarga “hijrat” qilish, hatto O‘zbekistonda jihod amalini bajarish, buning uchun mahalliy yoshlar orasida varaqalar tarqatish kabi topshiriqlarni bera boshlaydilar.

Ko‘rsatuv so‘nggida kollej o‘quvchisining qo‘lga olingani, jinoiy javobgarlikka tortilgani, uning endilikda afsus chekayotgani aytiladi.

“Ayol muallif” texnologiyasi nima?

photo5373263800129661349.jpg


Manbalarda qayd etilishicha, hozirgi paytda Internetda e’tiqodi sust, yaxshi bilimga ega bo‘lmagan yoshlarni yo‘ldan urushga mo‘ljallangan maxsus usullar juda ko‘p. Ulardan biri “Ayol muallif” texnologiyasi deb ataladi.

Ayol kishi obrazidagi suhbatdosh ikkita ishni amalga oshiradi:



1. Auditoriya bilan bevosita aloqaga chiqadi.
2. Auditoriyada sun’iy “rahm-shafqat” hissini uyg‘otadi.

Bu ayolning ortida turuvchilar:

1. Buzg‘unchi g‘oya egalari.
2. Ekstremistik guruhlar.

Ularning ortida esa:

1. Siyosiy kuchlar.
2. Homiylar mablag‘i turadi.

Bugun axborot maydoni va uning auditoriyasi holatiga qanday tashhis qo‘yish mumkin?


photo5373263800129661348.jpg

Tashhis: Mavzu yetarli darajada ochilmagan.

Natijada: Axborotga talab qoniqarli emas;

ayrim o‘quvchilarda ishonchsizlik;

Befarqlik: auditioriyaning ruhiy holati.

Xo‘sh, shunday ekan, terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizm harakatlarining kuchayishini kutib o‘tirish kerakmi yoki uning oldini olish zarurmi? Bu borada OAVning roli qanday bo‘lishi kerak? Asosiy profilaktika ishlari nimalardan iborat?

O‘zA
1 655