Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.09.2017 22:13 Chop etish versiyasi

«Ijrochilik va pedagogika alkimyosi» nomli elektron kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish orqali xalqimiz, ayniqsa, yosh-avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishga, barkamol shaxsni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi farmoyishi ma’naviy hayotimizni yanada rivojlantirishda, aholining kitobxonlik madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbarining shu yil 13-sentabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarori sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami yanada kengayishiga xizmat qilayotir.

Mazkur hujjatlarda nashriyotlar va matbaa sohasini rivojlantirish, aholini sifatli, yuqori saviyali kitoblar bilan ta’minlash hamda elektron kitoblar yaratish lozimligi belgilangan.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining professori Adiba Sharipova muallifligida chop etilgan «Ijrochilik va pedagogika alkimyosi» nomli elektron kitob ham ana shu sa’y-harakatlarning mahsulidir.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida olimlar, ijodkorlar, san’atshunoslar hamda talaba-yoshlar ishtirokida ushbu kitobning taqdimoti o‘tkazildi.

So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish yo‘lida qilinayotgan ezgu ishlar xalqimizning, ayniqsa, yosh-avlodning yetuk, barkamol, komil insonlar bo‘lib tarbiyalanishiga ko‘maklashishini ta’kidladi. Mazkur elektron kitobning mazmun-mohiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Mazkur kitob nafaqat san’atshunoslar, o‘qituvchi-talabalar, balki keng jamoatchilikka ham mo‘ljallangan.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 771






Все о погоде - Pogoda.uz