Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.07.2018 21:39 Chop etish versiyasi

Ijodiy mahorat va muloqot maydoni

Madaniyat vazirligi va Teatr arboblari uyushmasi bilan hamkorlikda Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan O‘zbekiston qo‘g‘irchoq teatrlarining XI ko‘rik-festivali yakunlandi.

Mazkur tadbir yurtimiz qo‘g‘irchoq teatrlari faoliyatini atroflicha tahlil qilish imkonini bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Besh kun davomida tomoshabinlar eng sara spektakllardan bahramand bo‘ldi. Festival doirasidagi “O‘zbekiston qo‘g‘irchoq teatrlari: kecha va bugun” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiyada jamoalardagi rejissura, spektakllardagi sahna nutqi kabi masalalar atroflicha muhokama etildi.

Tadbir yakunida ko‘rik-festival g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
1 807