O‘zA O`zbek

17.03.2018 18:44 Chop etish versiyasi

Ichki turizm: Aziz yurtdoshim, Siz qayoqqa otlandingiz?

Ichki turizm: Aziz yurtdoshim, Siz qayoqqa otlandingiz? Shu kunlarda “O‘ZEKSPOMARKAZ” binosi yonida va Abudlla Qodiriy bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik avjida. Ayniqsa, viloyatlardan kelib tayyorgarlik ko‘rayotgan odamlarni ko‘rib, bu yerda vodiyu vohaning havosini tuygandek bo‘lasiz. Shular qatorida Navoiy viloyati mutasaddilari tomonidan yasatilgan sardobayu tandirlarga ko‘zingiz tushishi bilan o‘zingizni beixtiyor Sarmishsoy darasida yurgandek his etasiz.

photo5289514785420978357.jpg

photo5289514785420978354.jpg

photo5289514785420978365.jpg

photo5289514785420978359.jpg

Shu onda o‘yga tolasan kishi. Mana, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan besh kunlik dam olish kuni e’lon qilindi. Bu xalqimiz uchun berilgan katta imkoniyat hamda mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha qilingan amaliy ishdir. Hamma qayoqqadir – tarixiy obidalar, muaqaddas qadamjolarni ham ziyorat, ham sayyohat qilish taraddudida.

Aziz yurtdoshim, Siz qayoqqa otlandingiz?

Sherali Vahob, O‘zA
5 793