O‘zA O`zbek

04.07.2018 10:02 Chop etish versiyasi

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi ijodkor yoshlarni taqdirladi

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi ijodkor yoshlarni taqdirladi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda Respublika satira teatri hamkorligida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” mavzuida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda madaniyat arboblari, taniqli ijodkorlar, san’at vakillari, professor-o‘qituvchilar, akademiya kursantlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibor tufayli ularning iqtidor va salohiyati to‘la qo‘llab-quvvatlanayotgani hamda rag‘batlantirilayotganini alohida ta’kidladi.

photo5314756995414337871.jpg

Tadbir davomida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tomonidan Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Eng yaxshi she’r”, “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi hikoya” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Tanlov g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

_MG_3853.JPG

Respublika satira teatri ijodkorlari hamda akademiya badiiy havaskorlik jamoasi a’zolarining chiqishlari va yangicha talqinda sahnalashtirilgan “Arshin mololan” spektaklining namoyishi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

_MG_3860.JPG

G.Boboyeva, O‘zA
8 115