Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.04.2017 18:08 Chop etish versiyasi

Huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘lida

Termizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida ma’qullangan qonun va qarorlar, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyatini mahalliy Kengashlar deputatlari va aholiga yetkazish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Videomuloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari raislari, Senat komissiyasiga yordam beruvchi viloyat Ishchi guruhi a’zolari, viloyat, tuman va shahar xuquq-tartibot idoralari va tegishli tashkilotlar rahbarlari, Termiz shahar va tumanlar hokimlarining birinchi hamda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatlari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari T.Bobolov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G.Alimova va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar qonun ustuvorligini ta’minlash, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim dasturilamal vazifasini o‘tamoqda.

Videomuloqotda senatorlar, adliya va sud idoralari rahbarlari yangi qabul qilingan, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan qonunlarning mazmun-mohiyati hususida atroflicha so‘z yuritdi.

– O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingani sohada olib borilayotgan izchil islohotlar ifodasi bo‘ldi, – deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Tojiyev. – Mamlakatimizda odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifati oshib, sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlari yanada takomillashadi. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlari mustahkamlanadi. Inson huquq va erkinliklari ustuvorligi ta’minlanib, jazoning odilligi va insoniyligi kafolatlari kuchaytiriladi.

Videomuloqotda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida ma’qullangan qonun va qarorlar, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
1 673






Все о погоде - Pogoda.uz