Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2017 18:39 Chop etish versiyasi

Huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘lida

Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘inida “O‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyat tushunchasi, uning salbiy oqibatlari va oldini olish choralari” mavzusida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan tashkil etilgan tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman ichki ishlar organlari xodimlari, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrash, joylarda sog‘lom ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda fuqarolar yig‘ini va profilaktika inspektori hamkorligi muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

– Aholi, birinchi navbatda, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish dolzarb vazifalardandir, – deydi jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi D.Tojiboyev. – Bunda ichkilikbozlik va giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxslar, muntazam huquqbuzarliklar sodir etadigan, farzandlari tarbiyasiga loqayd ota-onalarni, notinch oilalarni aniqlash hamda ular bilan profilaktika ishlari olib borish muhim ahamiyatga ega. Hududda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olishda fuqarolar ham yordam berishlari lozim.

Viloyatda o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatchilik holati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,3 foiz oshgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati hamda tuman, shahar sudlari tomonidan joriy yilning birinchi yarmida firibgarlik bo‘yicha 596 nafar shaxsga nisbatan 478 jinoyat ishi ko‘rilgan. Jinoyatchilar orasida xotin-qizlar va yoshlar ham borligi achinarlidir.

Muloqotda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktika tadbirlari samaradorligini yuksaltirish, fuqarolarning ogohligi va hushyorligini oshirish, yoshlar tarbiyasi yuzasidan fikr almashildi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
1 494






Все о погоде - Pogoda.uz