Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.12.2017 17:00 Chop etish versiyasi

Huquqiy demokratik davlatning asosi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan “Konstitutsiya –huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning asosi” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Yurtimizda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlarda Konstitutsiyamizning o‘rni beqiyos ekanligi, Bosh qomusimiz asosida inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi bugun xalqaro miqyosda keng e’tirof etilayotgani ta’kidlandi.

Bosh qomusimizning qabul qilinish tarixi, unga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Davra suhbatida Prezidentimizning joriy yil 1-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati ham Konstitutsiyamizdagi tamoyillarga mosligi haqida so‘z yuritildi.

Hujjatda nogironlarning yashash muhiti imkoniyatlari, ta’lim olishi va bandligini ta’minlash, ularning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi, protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari ishlab chiqarilishi bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan. Bu boradagi islohotlar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi elektorati manfaatlariga ham to‘la mosdir.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
881






Все о погоде - Pogoda.uz