Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.09.2017 17:04 Chop etish versiyasi

Huquqiy axborotni tarqatish takomillashmoqda

O‘zbekiston Respublikasining joriy yil 7-sentabrda qabul qilingan "Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida"gi qonuni fuqarolarning huquqiy axborotdan foydalanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Farg‘onada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani mazkur qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirishga bag‘ishlandi.

Tadbirda mamlakatimizda aholining huquqiy axborotga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, jamiyatimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

– Qonunning asosiy maqsadi huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, unda huquqiy axborotdan foydalanish davlat tomonidan kafolatlanmoqda, – deydi viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Xolmatov. – Shu bilan birga, qonunda davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga huquqiy axborotdan foydalanish imkoniyatini belgilangan tartibda ta’minlashi shart ekani, shuningdek, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining huquqiy axborotni belgilangan tartibda, jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish, e’lon qilish, o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali tarqatishi belgilab qo‘yildi. Ya’ni huquqiy axborotdan foydalanuvchilar hech qanday to‘siqlarsiz huquqiy axborotni izlash, olish va uni tarqatish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Qonunning yana bir jihati, axborot-kutubxona va ta’lim muassasalari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning ham huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashdagi o‘rni va ishtiroki belgilandi.

Anjumanda ushbu qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha olib boriladigan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA
2 335






Все о погоде - Pogoda.uz