Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.04.2017 17:59 Chop etish versiyasi

Huquqini bilgan adashmaydi

Toshkent farmatsevtika institutida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan “Odam savdosiga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari va huquqni muhofaza qilish idoralarining hamkorligi” mavzuida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi o‘rinbosari N.Yo‘ldosheva va boshqalar bugungi kunda dunyo bo‘ylab odam savdosidek o‘ta xavfli illatning keng tarqalishi inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklariga jiddiy xavf tug‘dirayotganini ta’kidladi. Mamlakatimizda ushbu jinoyatga qarshi kurashish, inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, aholi, ayniqsa, yoshlarni turli tahdid va illatlardan, xususan, odam savdosidan asrashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni va Birinchi Prezidentimizning 2008-yil 8-iyuldagi “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir.

Tadbirda yoshlarga yuqorida qayd etilgan qonun va qarorning maqsadi, vazifasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Hudud va chegara bilmas ushbu yovuz illatning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qilish organlarining, balki har bir fuqaroning mas’uliyatli vazifalaridan biri ekanligi alohida qayd etildi. Mamlakatimizda aholi orasida, ayniqsa, ta’lim muassasalarida, mahallalarda targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini kuchaytirish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, odam savdosining tuzog‘iga tushib qolmaslik yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar javob qaytardi, odam savdosidan jabrlangan insonlar hayoti aks ettirilgan videorolik namoyish etildi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
1 288






Все о погоде - Pogoda.uz