Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.12.2017 15:53 Chop etish versiyasi

Huquq sohasidagi bilimdonlar aniqlandi

Huquq sohasidagi bilimdonlar aniqlandi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi oldidan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazdi. Ma’naviyat va Konstitutsiya yaxlitligi mavzusidagi tanlovda huquq sohasidagi bilimdonlar aniqlanib, bu shaxsiy qo‘shin tarkibining huquqiy savodxonligi va umumiy bilimdonlik darajasini oshirish uchun amaliy rag‘bat bo‘lib xizmat qildi.

Prezidentimizning 2017-yil 20-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosi doirasida o‘tkazilgan tanlov Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent viloyati kengashi hamkorligida tashkil etildi.

Harbiy xizmatchilar Konstitutsiyamizning qoida va moddalari, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining asosiy vazifalari, Bosh qomusimizda kafolatlangan fuqarolarning huquq hamda erkinliklariga oid bilimlarini namoyon qildi.

Tanlovda "Adolat" jamoasi g‘olib deb topildi. Ikkinchi o‘ringa "Istiqlol" jamoasi, uchinchi o‘ringa "Everest" jamoasi sazovor bo‘ldi.

4.JPG

– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tanlov g‘olibi bo‘lganimizdan juda xursandmiz, – deydi "Adolat" jamoasi sardori, leytenant Isomiddin Eshonqulov. – Bu butun jamoamizning muvaffaqiyatidir. Biz jiddiy raqobat ruhida o‘tadigan tanlovga puxta tayyorgarlik ko‘rgan edik.

Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining ko‘rgazmalar zali bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Ablay Kamolov, O‘zA
1 324






Все о погоде - Pogoda.uz