O‘zA O`zbek

09.04.2018 09:54 Chop etish versiyasi

Hukumat qarori: Nikohdan ajratish jarayoniga o‘zgartirish kiritildi

Hukumat qarori: Nikohdan ajratish jarayoniga o‘zgartirish kiritildi Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 107-bandiga qo‘shimcha kiritish haqidagi Hukumat qarori (VMQ–270, 06.04.2018 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq FHDYo organi er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak.

Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi @huquqiyaxborot kanali xabar qildi.

O‘zA
6 402