Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.04.2017 17:21 Chop etish versiyasi

Hokim yoshlar bilan uchrashdi

Prezidentimiz rahnamoligida hayotga joriy etilayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqoti turli muammolarga joyida yechim topishga xizmat qilmoqda.

Zamonaviy ilm-fan va texnologiya yutuqlarini puxta egallagan malakali kadrlar ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir. Barkamol avlod tarbiyasida yoshlarni avvalo kasbga yo‘naltirish, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun sharoit yaratish, ularning bandligini ta’minlash, intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash alohida ahamiyat kasb etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani yoshlarining tuman hokimi Ne’matulla Xudoyberganov bilan uchrashuvida bu alohida ta’kidlandi. “Yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirishga ko‘maklashish va ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish” mavzusida tashkil etilgan tadbirda kasb-hunar ta’limi muassasalarining 200 dan ortiq bitiruvchisi ishtirok etdi.

Mamlakatimizda bitiruvchilar bandligini ta’minlash, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb etish orqali mustaqil hayotda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2016-2017 o‘quv yilida tumandagi 6 kasb-hunar kollejini 43 yo‘nalish bo‘yicha 2 ming 180 ga yaqin o‘g‘il-qiz bitiradi. Ularni ish bilan ta’minlashda “Kamolot” yoshlar ijtimoy harakati tomonidan o‘tkazilayotgan “Mening biznes g‘oyam”, “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihalari muhim ahamiyat kasb etayotir. Ayni paytda 200 dan ziyod bitiruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan. Jumladan, Ellikqal’a tibbiyot kollejining uchinchi bosqich o‘quvchisi Aynura Annamuratova imtiyozli kredit mablag‘i evaziga Toza bog‘ ovulida kutubxona, Shahlo Mamatova Bo‘ston shahrida tikuvchilik sexi ochish bo‘yicha o‘z biznes rejalarini taqdim etgan.

Tadbirda tumandagi “Yagona darcha” markazi, tijorat banklari, tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga mamlakatimizda bu borada yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA
2 746






Все о погоде - Pogoda.uz