Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.03.2018 21:39 Chop etish versiyasi

Haydovchilar diqqatiga: qoidabuzarlarga qat’iy choralar ko‘rilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmati 26-fevral – 4-mart kunlari respublika avtomobil yo‘llarida 106 yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, natijada shuncha fuqaro turli darajada tan jarohati olgani haqida xabar berdi.

Unda shuningdek, o‘tgan hafta yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 94 ming 560 qoidabuzarliklar aniqlangani aytilgan. Ularning 45 ming 400 ga yaqini qo‘pol qoidabuzarliklar toifasiga kiradi. Jumladan, 1 ming 720 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 13 ming 705 holatda belgilangan tezlik talablariga rioya etilmagan, 1 ming 150 ga yaqin vaziyatda svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasi buzilgan.

Shuningdek, transport vositasining oynalarini me’yoridan ortiqcha qoraytirgan 220 nafar, harakat vaqtida telefondan foydalangan 964 nafar va xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 18 ming 712 nafar haydovchi to‘xtatilgan. Qoidabuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rilgan.

O‘zA
4 760