Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.03.2017 13:09 Chop etish versiyasi

Hashar uyushqoqlik bilan o‘tmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 28-fevraldagi “2017-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida Andijon viloyatidagi barcha korxona, tashkilot, ta’lim muassasalari, shuningdek, mahalla vakillari faol ishtirok etmoqda. O‘zlari yashayotgan, mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan hududlarni, ariq va zovurlarni, ko‘cha va xiyobonlarni, qabristonlarni tozalash, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda.

– Umumxalq hasharida 2 million 124 mingga yaqin aholi ishtirok etmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Andijon viloyati bo‘limi raisi Qodirjon Rizayev. – Ikki kun davomida 3,9 ming gektardan ziyod yer maydoni obodonlashtirilib, ariqlar tozalanadi, 4,4 ming tonnaga yaqin chiqindi belgilangan joyga chiqarib tashlanadi. Bu ishlar uchun 1 ming 376 texnika vositasi jalb etilgan. 941 ziyoratgoh va qabriston tozalanib, obodonlashtiriladi. 2 million 746 ming tupdan ortiq daraxtga shakl berilib, oqlanadi, 4 million 783 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqaziladi, turfa gullar ekiladi. 1 ming 651 ehtiyojmand oila, nogiron, yolg‘iz yashovchi keksalarga moddiy yordam ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
2 250






Все о погоде - Pogoda.uz