O‘zA O`zbek

10.07.2018 15:54 Chop etish versiyasi

Harbiy xizmat – muqqaddas burch

Harbiy xizmat – muqqaddas burch Namangan viloyatidagi harbiy qismlardan birida safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat o‘tayotgan yigitlarning harbiy qasamyod qilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqanlar milliy armiyamizda xizmat qilish bugun har bir yigit uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki yuksak shon-sharaf ishiga aylanganini ta’kidladi.

Harbiy qasamyod qabul qilgan o‘g‘lonlar nomidan so‘z olgan Odilxon Nurmatov bir oy davomida harbiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda yordam bergan serjant va ofitserlarga minnatdorlik bildirib, kuch va bilimini Vatanimiz osoyishtaligi uchun safarbar etishini aytdi.

8.jpg

Hotam Mamadaliyev (surat) O‘zA
8 742