Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.04.2017 18:33 Chop etish versiyasi

Harakatlar strategiyasini samarali yoritish masalalari muhokama qilindi

Toshkentda «Yangi formatlar davri: Harakatlar strategiyasini samarali yoritish» mavzuida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun seminar o‘tkazildi. «Taraqqiyot strategiyasi» markazi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda Xalqaro press-klub hamkorligida tashkil etilgan tadbirda jurnalistlar, ekspertlar ishtirok etdi.

Besh bosqichda amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan Harakatlar strategiyasi yillarga beriladigan nomlarga muvofiq tasdiqlanadigan Davlat dasturlari bilan uyg‘unlashtiriladi.

Ayni paytda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari, ekspertlar va olimlarni mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida tashkil etilgan «Taraqqiyot strategiyasi» markazi mazkur yo‘nalishda jurnalistlar uchun keng imkoniyatlar yaratish ustida ish olib bormoqda. Mamlakatimizdagi yetakchi ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolanib, o‘zaro hamkorlikning yo‘nalishlari belgilab olinmoqda.

Seminar ishtirokchilari fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qabul qilayotgan qarorlari sifati uchun mas’uliyatni, faoliyat samaradorligini oshirish, amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimiz va xorijda kechayotgan voqea-hodisalar yuzasidan fikrlar xilma-xilligi borasida mulohazalar aytildi.

Tadbirda, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini, hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasida yaqin aloqani ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirishga qaratilgan samarali huquqiy mexanizmlarni yaratish, qonunlar va qonunchilik hujjatlariga ommaviy axborot vositalari faoliyatini takomillashtirishga oid tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish borasida ham takliflar bildirildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan seminarda Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda belgilangan vazifalarni atroflicha tushuntirish va ommaviy axborot vositalari oldidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Behzod Bozorov, O‘zA
2 111






Все о погоде - Pogoda.uz