Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.04.2017 14:23 Chop etish versiyasi

Harakatlar strategiyasida ezgu maqsadlar mujassam

Poytaxtimizda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashining plenumi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha partiya tashkilotlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi va mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama etildi.

Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi H.Ketmonov va boshqalar Harakatlar strategiyasi zamirida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishga qaratilgan ezgu maqsadlar mujassam ekanligini ta’kidladi.

Davlat dasturidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2015-2019-yillarga mo‘ljallangan amaliy Harakat dasturiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Hududlardan saylangan deputat va senatorlarning har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilish, turli darajadagi rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritish hamda tegishli xulosalar berish borasidagi ishlari partiya elektorati manfaatlariga daxldor muammolarni aniqlash va hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bundan tashqari, partiya tashkilotlari qoshida tashkil etilgan jamoatchilik qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarni tizimli ravishda o‘rganish va tahlil qilish, shu asosda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash, kamchiliklar va ularning sabablarini muhokama qilish yo‘lga qo‘yildi.

Tadbirda Harakatlar strategiyasi doirasida Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshiriladigan ijtimoiy masalalar, xususan, aholi bandligini ta’minlash, nogiron va kam ta’minlangan oila farzandlari bo‘lgan kollej bitiruvchilari uchun ish o‘rinlarini o‘rganib chiqish, qishloq joylarda yangi namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joy qurish, nogironlar va yolg‘iz qariyalarni bepul asosda protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlashda partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalarining ishtirokini kuchaytirish lozimligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda Davlat dasturining har bir yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
2 639






Все о погоде - Pogoda.uz