Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.03.2017 18:33 Chop etish versiyasi

Harakatlar strategiyasi – yoshlar nigohida

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi International House-Tashkent akademik litseyida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni mazmun-mohiyatini yoshlarga keng tushuntirishga bag‘ishlangan «Harakatlar strategiyasi – yoshlar nigohida» nomli matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi raisi birinchi o‘rinbosari B.Mirzayev va boshqalar mamlakatimizda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta’minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatorida ta’lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham o‘rin olgan.

Anjumanda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar aholi turmush darajasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish va “Inson manfaatlari har narsadan ustun” tamoyilini hayotga izchil tatbiq etishga xizmat qilishi qayd etildi.

– Mazkur huquqiy hujjat kelajakda aholi farovonligini oshirish, hayot sifatini ko‘tarish, yoshlarni ish bilan ta’minlash va jamiyatimizning boshqa sohasini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi, – deydi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisi Sherzod Olimov. – Bugungi anjumanda Harakatlar strategiyasining maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyatini navqiron avlodga keng yetkazish borasida qator vazifalar belgilib olindi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
2 925






Все о погоде - Pogoda.uz