Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.04.2017 18:06 Chop etish versiyasi

Harakatlar strategiyasi va jurnalist mas’uliyati

Toshkentda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturining bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ommaviy axborot vositalarining roliga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Toshkent viloyati hududiy bo‘limi, Toshkent viloyati adliya, moliya, mehnat boshqarmalari mutaxassislari, jurnalistlar ishtirok etdi.

O‘tgan qisqa vaqtda Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, poytaxtimizda Taraqqiyot strategiyasi markazi tashkil etildi. Mazkur markaz Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan choralarni hayotga tatbiq etish va har tomonlama qayta ko‘rib chiqish, ekspertlar va jamoatchilik ishtirokidagi muhokamalarda bildirilgan fikrlarni birlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilish va demokratlashtirish jarayoniga fuqarolik instituti vakillari, mutaxassislar, olimlarni keng jalb qilish ishlariga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Tadbirda fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqini yanada keng amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish, Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyatini xalqqa tushunarli qilib yetkazishda jurnalistlar mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini, hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasida yaqin aloqalarni ta’minlashda OAVning rolini kuchaytirishga qaratilgan samarali huquqiy mexanizmlarni yaratish, soha faoliyatini yanada takomillashtirish va qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan fikr almashildi.

Azima Qiyosova, O‘zA
2 402






Все о погоде - Pogoda.uz