Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.03.2017 12:13 Chop etish versiyasi

Harakatlar strategiyasi va jamiyat taraqqiyoti

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyati kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi – faoliyatimiz dasturi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha aniq, hayotiy islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilab berilgani ta’kidlandi. Bu amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada yuksaltirish, davlat va jamiyatni har tomonlama uyg‘un va jadal taraqqiy ettirish uchun sharoitlar yaratish, barcha sohalarni modernizatsiya qilish va erkinlashtirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

– Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish nazarda tutilgan, – deydi partiya viloyat kengashi raisi S.Hamroyev. – Jumladan, unda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan. Bu qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish bilan chambarchas bog‘liq. Bu siyosiy partiyalarning aholini o‘ylantirayotgan muammolarga samarali yechim topish, hududlarni rivojlantirishda faol ishtirok etishiga mustahkam zamin yaratadi.

Tadbirda Harakatlar strategiyasi barcha yo‘nalishlarining o‘ziga xos jihatlari keng ochib berildi. Jumladan, Prezidentimiz farmoni asosida tashkil etilayotgan “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi viloyatda sanoatni yanada rivojlantirish, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Harakatlar strategiyasi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining barcha darajadagi tashkilotlari va deputatlik birlashmasi zimmasiga ulkan vazifalar yuklaydi. Unda belgilangan vazifalarning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilishda faollik ko‘rsatish, aholi bilan muloqotlar o‘tkazish, mavjud muammolarni chuqur o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish dolzarb masaladir.

Tadbir ishtirokchilari Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda belgilangan vazifalarni atroflicha tushuntirish bo‘yicha partiya oldida turgan ishlar xususida fikr almashdi.

Erkin Yodgorov, O‘zA
2 572






Все о погоде - Pogoda.uz