Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

23.02.2017 18:24 Chop etish versiyasi

Harakatlar strategiyasi: taraqqiyotning yangi bosqichi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturidan kelib chiqib, partiya tashkilotlari va deputatlik guruhlari oldida turgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhi a’zolari, partiyaning viloyat, tuman va shahar kengashlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonida erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqning osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun barcha sharoitni yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada yuksaltirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitni yaratish, mamlakatni modernizatsiya qilish va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iborat ekani bilan g‘oyat ahamiyatlidir.

– Harakatlar strategiyasining har bir yo‘nalishi bo‘yicha aniq belgilangan vazifalarni amalga oshirishda partiyamizning mahalliy kengashlari va deputatlik guruhlari oldida turgan asosiy vazifalarni belgilab oldik, – deydi partiya viloyat kengashi raisi M.Darxonov. – Islohotlar jarayonida siyosiy partiyalar fuqarolarning maqsad va manfaatlarini ro‘yobga chiqaradigan kuch sifatida yanada faol ishtirok etishi lozim. Partiya mahalliy kengashlari, deputatlik guruhlari tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini chuqur tahlil etish, ularning qay darajada samarali amalga oshirilayotganini tizimli monitoring qilish, yechimini kutayotgan, aholini o‘ylantirayotgan masalalar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish, davlat va boshqaruv organlari bilan birgalikda muammolarni joyida hal etish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Partiyaning tuman va shahar kengashlari vakillari, jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

Ikrom Avvalboyev, O‘zA
4 098






Все о погоде - Pogoda.uz