Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.03.2017 18:02 Chop etish versiyasi

Harakatlar strategiyasi – faoliyatimiz dasturi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi – faoliyatimiz dasturi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi va viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish, Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda partiya oldida turgan ishlar muhokama qilindi.

Tadbirda Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishida o‘z ifodasini topgan maqsad-vazifalar, siyosiy partiyalarning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash, vakolatini kengaytirish borasida belgilab berilgan muhim jihatlarga e’tibor qaratildi.

– Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilangan, – deydi partiya viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasi devoni rahbari Orif Xoliqulov. – Davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan. Bu qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbirda Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida Samarqand viloyati bo‘yicha belgilangan vazifalar, ular ijrosini ta’minlashda partiya tashkilotlari va deputatlarning o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
478






Все о погоде - Pogoda.uz