Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.12.2017 19:09 Chop etish versiyasi

Hamisha dolzarb va hamisha e’tibortalab mavzu

Ona tabiatni asrab-avaylash, atrof-muhitning ozodaligini saqlash har birimizning burchimiz hisoblanadi.

Toshkent davlat agrar universiteti hamda O‘zbekiston Ekologik harakati Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi hamkorligida “Ekologik muammolarni hal etish va bu boradagi qonunlar ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Ekologik harakati va ommaviy axborot vositalarining roli” mavzuidagi seminarda ana shu haqda so‘z yuritildi.

Ommaviy axborot vositalari orqali atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida qabul qilingan qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlarining mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirib borilmoqda. Aholi, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirishda ekologik muammolarni bartaraf etish va ularning salbiy oqibatlari oldini olish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Aholi salomatligi, ekotizimlar va atrof-muhitning tabiiy holatini saqlash ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Ekologik harakati Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi o‘z dasturiy vazifalaridan kelib chiqib, keng jamoatchilik, ayniqsa, navqiron avlodning ekologik madaniyati, bilimlari va mas’uliyatni muntazam oshirib borish, tabiiy muhit hamda inson salomatligi muhofazasi masalalarida ishtirokini faollashtirish, ona tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiya topishlarini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarida, mahallalarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda.

Seminarda tabiatni muhofaza qilish, ekologik muhitni sog‘lomlashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda har bir fuqaroning huquq va majburiyatlari qonuniy asosda belgilab qo‘yilganligi, ekologik holatni sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini saqlashda, tabiiy muhitni asrashda yoshlarning rolini oshirish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
2 022