Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.05.2018 12:14 Chop etish versiyasi

Ham moddiy, ham ma’naviy boylik

Ham moddiy, ham ma’naviy boylik O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan Namangan shahridagi “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtiga diniy-ma’rifiy va badiiy adabiyotlar tuhfa qilindi.

Prezidentimizning joriy yil 2-3 may kunlari Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Is’hoqxon Ibrat yodgorlik majmuasida ziyolilar bilan uchrashuvida Ibrat kabi allomalarga munosib izdoshlar bo‘lish uchun kitobga, bilimga mehr qo‘yish lozimligi, kitobsiz, bilimsiz, ma’naviyatsiz taraqqiyotga erishib bo‘lmasligi yana bir bor ta’kidlandi.

Shu nuqtai nazardan, davlatimiz rahbari tashrifi chog‘ida belgilab berilgan vazifalar doirasida bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga amaliy ko‘maklashish maqsadida viloyat tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi guruhlar tomonidan ham aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda 130 dan ziyod o‘quvchi bilim olayotgan “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti kutubxonasiga O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tasarrufidagi bosmaxonalarda chop etilgan 100 dan ziyod kitob tuhfa qilinishida ham ana shu ezgu sa’y-harakatlar o‘zining yorqin ifodasini topdi.

4.jpg

– Bilim yurtida diniy bilimlardan tashqari ma’naviyat asoslari, ona tili, buxgalteriya hisob-kitobi, informatika fanlari ham o‘qitiladi, – deydi bilim yurti mudiri A.Bobomirzayev. – O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi vakillarining bugungi muloqoti o‘quvchilar uchun o‘ziga xos ma’naviyat soati vazifasini o‘tadi. Shuningdek, agentlik tomonidan tuhfa etilgan kitoblar muassasamiz kutubxonasini yanada boyitdi va uzoq yillar mobaynida ta’lim olayotgan yoshlar bilimini oshirishga xizmat qiladi.

– Kitob ham moddiy, ham ma’naviy boylikdir, – deydiO‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.Tangriyev. – Inson uchun bundan qimmatliroq tuhfa bo‘lmasa kerak. Kuni kecha Norin tumanidagi 26-umumta’lim maktabi kutubxonasiga ikki mingdan ziyod kitob sovg‘a qilindi. Demak, har bir kitobdan bir nafardan o‘quvchi foydalanib, nimadir olsa, bu tadbirning jamiyatga keltiradigan nafi ayon bo‘ladi.

Bilim yurti yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda diniy-ma’rifiy yo‘nalishda ijod mezonlari, kitob chop ettirish tartib-qoidalari va boshqa mavzularda fikr almashildi.

A.Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
3 892