Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.10.2017 16:11 Chop etish versiyasi

Giyohvandlik – umr kushandasi

Oramizda shunday kishilar borki, giyohvandlikning oqibatini bilaturib salomatligi, oilasi, farzandlarining kelajagiga panja orasidan qarab, unga ruju qo‘yadi.

Saidabzal Saidnasimovning havas qilarli kasbi, mahallada obro‘-e’tibori bor edi. Lekin so‘nggi paytlarda kechalari bemahal yurib, yomon kimsalarga qo‘shildi. Dastlab sigaret chekishga o‘tdi. Bu odati uni asta-sekin giyohvandlikka boshladi. Uning sa’y-harakatlari mahalla profilaktika inspektorining nazoratidan chetda qolmadi.

Mamlakatimizda narkotik moddalarni suiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan transmilliy narkoguruhlarning qonunga zid faoliyatlarini aniqlash va unga chek qo‘yish, kontrabanda kanallarini yopish, giyohvandlik ekinlarini yo‘q qilish va gihyovandlik illati tarqalishining oldini olish bo‘yicha maxsus tadbir va operatsiyalar o‘tkazilmoqda.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 22-sentabr kuni Mirobod tumani hududida o‘tkazilgan profilaktika tadbiri davomida S.Saidnasimov kuzatuvga olindi. Uning harakatlari shubha uyg‘otgach, xolislar ishtirokida tekshirib ko‘rildi. Tekshiruv jarayonida S.Saidnasimovning yonida og‘irligi bir kilogramdan ortiqroq giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi va daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozir dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, S.Saidnasimovning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Poytaxtimizda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish borasida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida joriy yilning shu paytiga qadar 85 kilogramdan ortiq giyohvandlik vositalari qo‘lga olingan.

Davron Sunnatov, O‘zA
1 731






Все о погоде - Pogoda.uz