Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.06.2018 17:00 Chop etish versiyasi

Giyohli sharbat yoki gazli suv: qaysini tanlaysiz?

Giyohli sharbat yoki gazli suv: qaysini tanlaysiz? Havo haroratining yuqorilib ketishi, insonning suvga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Ko‘chadagi yoshlarning chanqoqni qondirish uchun qo‘lida turli xildagi gazli ichimliklarni olib yurganini ko‘ramiz.

Do‘konlarda ham bunday shirin gazli ichimliklar xaridorgir hisoblanadi. Aslida uni foydasi bormi? Zararichi?

Uning foyda-zararini hisoblashni har kimning o‘ziga havola etgan holda sizga taklif bermoqchimiz. Agar ma’qul kelsa, iste’mol qilib ko‘ring.

Tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino haqidagi rivoyatlarda buyuk tabibning giyohlar bilan tillashgani, tabiatdagi barcha o‘t-o‘lanlar unga o‘z sirlarini ochgani aytiladi,Bu bejiz emas. Zero, ota-bobolarimiz qadimdan turli xastaliklarga davoni tabiatdan izlashgan, giyohlarning shifobaxsh xususiyatlari, foydali va zararli jihatlarini o‘rganib, ulardan kundalik hayotda unumli foydalanishgan. O‘simliklarbiz uchun ham oziq, ham shifo manbai. Faqat ularning xususiyatini puxta o‘rganish va shunga ko‘ra to‘g‘ri foydalanish kifoya.

― Odam-tabiatning bir bo‘lagi.Qolaversa, shifobaxsh malhamlar inson tanasiga tez singib, tuzalishiga yordam beradi,-deydi Sergeli tumanida yashovchi Feruza Sattorova.- O‘zimdan qiyos: oshqozonosti bezi kasalligi tez-tez bezovta qilib turardi. Turli kimyoviy dorilarni ichdim, ukollar oldim. Ularvaqtinchalik ta’sir qilib, keyin yana og‘riqlar boshlanardi. Shifokor tavsiyasi bilan doimiy ravishda na’matak, dalachoy kabi shifobaxsh ne’matlarni iste’mol qildim. Shukrki, bu damlamalar ijobiy samara berdi.Keyingi yillarda shahrimiz dorixonalarida “fitobar” burchagi tashkil etish ommalashdi. Bunday dorivor giyohlardan foydalanish barcha oilaviy poliklinikalarda ham yo‘lga qo‘yilgan.Fitobarlarorqali aholiga yetkazilishi majburiy bo‘lgan dorivor giyohlarro‘yxatdan na’matak, limono‘t, tog‘rayhon, do‘lana va qora qorag‘at kabilarjoy olgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tabiiy giyohlardan tayyorlangan damlamalar immunitetni kuchaytiradi, turli kasalliklarning asoratlarini yo‘qotadi, sog‘liqni tez tiklashga yordam beradi. Qolaversa, kimyoviy dori vositalaridan farqli o‘laroq bezarar. Misol uchun, limon o‘t – nafas va yurak qon tomir tizimi, jigar faoliyatiga ijobiy ta’sir etib, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi. Na’matakning 300 grammini 3 litr suvda 1 soat davomida qaynatib, qaynatma quloqqa tomizilsa, quloq og‘rishiga va shang‘illashida yaxshi natija beradi. Immunitetningko‘tarilishiga yaxshi yordam beradi.

- Na’matak, o‘rik sharbatining bir nechta kasalliklarga davo bo‘lishini ko‘pchilik biladi, - deydi oliy toifali shifokor Fotima Mahmudova. – Yoki dalachoy o‘simliginingxususiyatlariga e’tibor qaratsangiz, giyohlarning foydali jihatlari ko‘pligiga amin bo‘lasiz. Bu giyoh yara to‘qimalarini tez bitiruvchi ta’sirga ega bo‘lib, tibbiyotda me’da-ichak, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida va II, III darajali kuyishni davolashda ishlatiladi. Demak, kundalik turmushda ham doimiy ravishda giyohli damlama va choylarni iste’mol qilish sog‘liq uchun faqat foydali.

Qachondir yurtimiz tadbirkorlari xalqimiz uchun ana shunday salqin ichimliklar ishlab chiqarishni boshlar. Balki, ana shunda sog‘liq uchun koni zarar ekani bot-bot takrorlanayotgangazli ichimliklardan voz kecharmiz. Agarshunday bo‘lsa, har jihatdan yutuqqa erishgan bo‘lardik, nazarimda.

O‘zA
1 485