Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.04.2017 15:36 Chop etish versiyasi

Germaniyalik shifokorlar ko‘rik o‘tkazdi

"Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining tibbiy-ijtimoiy markazida Germaniyaning «Friedensdorf International» xalqaro tashkiloti mutaxassislari Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Birinchi Prezidentimizning 2014-yil 1-avgustdagi “2014-2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

“Sog‘lom avlod uchun” fondi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va «Friedensdorf International» xalqaro tashkiloti hamkorligida 12 yoshgacha bo‘lgan bemor bolalar samarali davolanib, reabilitatsiya qilib kelinmoqda.

– Tashrifimiz doirasida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bo‘lib, bemor bolalarni ko‘rikdan o‘tkazdik, – deydi «Friedensdorf International» xalqaro tashkiloti direktori o‘rinbosari Kevin Daxlbruk. – Qashqadaryo va Samarqand viloyatlariga ham borishni rejalashtirganmiz. Mamlakatingiz shifokorlari bilan hamkorlikda bemor bolalarni sog‘lom hayotga qaytarishdan mamnunmiz.

Tibbiy-ijtimoiy markazda tug‘ma nuqsonli, kuyish va jarohat asoratlaridan aziyat chekayotgan bolalar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi, mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi. Ularning ayrimlari Germaniya klinikalarida davolanadigan bo‘ldi.

Sevara Alijonova, O‘zA
1 677






Все о погоде - Pogoda.uz