Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2018 17:44 Chop etish versiyasi

Geliokollektorning qanday afzalligi bor?

“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli tog‘-kon majmuasida muqobil energiya manbaidan unumli foydalanilmoqda. Xususan, quyosh nurlarini issiqlik manbaiga aylantiruvchi tejamkor geliokollektor qurilmasi o‘rnatildi.

To‘rt tonna suvni 70-80 daraja haroratgacha qizdirib berish imkoniyatiga ega bo‘lgan ushbu uskuna majmua oshxonasi va ishchilarning umumiy yuvinish xonalari uchun muhim omil bo‘lmoqda. Geliokollektor korxonada yilning issiq kunlarida oyiga 5-6 ming metr kub gazni iqtisod qilish imkonini berayotir.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
3 180