Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2018 17:29 Chop etish versiyasi

Fotoreportaj: Maktabda navoiyxonlik tadbiri

Fotoreportaj: Maktabda navoiyxonlik tadbiri
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag‘ishlab ta’lim muassasalari, ma’naviyat-ma’rifat maskanlarida adabiy-ma’rifiy tadbirlar, mushoiralar o‘tkazilmoqda.

Namangan shahridagi 23-umumta’lim maktabida ham ushbu sana munosabati bilan navoiyxonlik kechasi tashkil etildi.

Shoir-yozuvchilar, maktabning pedagogik jamoasi va o‘quvchilar ishtirok etgan tadbirda Alisher Navoiyning o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, yoshlarni yuksak ma’naviyatli, teran tafakkurli insonlar etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ijodining ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

O‘quvchilar shoir asarlaridan namunalar o‘qib, dostonlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etdi.

4 (1).jpg

12.JPG

6 (2).jpg

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
7 480