Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.02.2018 17:42 Chop etish versiyasi

Fotoreportaj: Intensiv issiqxona

Fotoreportaj: Intensiv issiqxona Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Daromad baxt omad” mas’uliyati cheklangan jamiyatining intensiv texnologiyalar asosidagi zamonaviy issiqxonasida pomidorning ertapishar “Torri” navi yetishtirilmoqda. Bu yerda 10 kishi doimiy ish bilan band.

–2017 yilda “Asakabank”ning Afrosiyob filiali ko‘magida ish boshladik, - deydi jamiyat rahbari Shuhrat Ibrohimov. – Janubiy Koreyadan keltirilgan tejamkor va yuqori samaradorlikka ega zamonaviy uskunalar yordamida har bir ko‘chatga alohida parvarish beriladi. Ilk hosil 20 tonnani tashkil etdi. Mavsum davomida aholi dasturxoni uchun 100 tonna pomidor yetkazib berishni rejalashtirganmiz.

2.jpg

3 (1).JPG

5 (1).jpg

6.JPG

Alisher Isroilov (surat) O‘zA
2 921